Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:11
telegram
Toshkentdagi AQSh elchixonasiga LGBT bayrog'i ilinishi mumkin

 27 APREL, 11:55 128

.

AQShning dunyodagi elchixonalariga yana LGBT bayrog'ini AQSh milliy bayrog'i bilan birga ilishga ruxsat berildi. Bu haqda Amerika Qo'shma Shtatlari davlat kotibi Entoni Blinkenning maxfiy telegrammasiga asoslanib Foreign Policy yozmoqda.

Shu bilan birga, hujjatda elchixona "mahalliy sharoit"ni hisobga olgan holda LGBT belgisini osib qo'yish to'g'risida mustaqil ravishda qaror qabul qilishi mumkinligi tushuntirilgan.

AQSh elchixonalari an'anaviy ravishda iyun oyida va 17 may kuni gomofobiya, transfobiya va bifobiyaga qarshi xalqaro kurash kuni munosabati bilan binolarda LGBT bayrog'ini osib qo'yardi. Ammo AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ma'muriyati "kamalak" bayrog'ini Amerika davlat bayrog'i bilan bir xil bayroq ustuniga osib qo'yishni taqiqlagandi.

Eslatib o'tamiz, 2020 yil iyul oyida AQSh va Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonalarida LGBT bayrog'i namoyish etildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!