Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:59
telegram
Endi yangi qurilgan uylar 2 yil mobaynida quruvchi tashkilot boshqaruvida bo'ladi

 27 APREL, 10:40 92

.

AOKAda Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi axborot xizmati rahbari Jamoliddin Qalandarov ishtirokida brifing o'tkazildi.

Muhim ma'lumotlar:

– Respublikamizdagi mavjud ko'p qavatli uylarning 2,838 tasi yoki jami uylarning 8% ga hech qanday xizmatlar ko'rsatilmaydi. Ular boshqaruvga ega emas.

– O'tkazilgan tahlillar natijasida, 4 430ta shirkatlardan 1 351tasining moliyaviy holati yaxshi, 1 903 tasiniki o'rta va 1 176 tasiniki og'ir holatda ekani aniqlangan.

– Bugungi kunda uy-joy mulkdorlari tomonidan to'lanayotgan majburiy badal mablag'larining qariyb 80 foizi oldin olingan kredit mablag'larini qoplashga yo'naltirilgan. Shirkatlarda moddiy-texnik bazani shakllantirish va ularning moliyaviy holatini barqarorlashtirish imkoni mavjud emas.

– Shirkatlar tomonidan ko'rsatilayotgan servis xizmatlar sifati past, shu bois aholi orasida majburiy badal to'lovlarini to'lamaslik holati uchramoqda. Natijada olingan kreditlar o'z vaqtida qoplanmayapti.

– Ushbu holatlar ko'p kvartirali uylarning boshqarish tizimini tubdan isloh qilishni talab etadi. Bu borada ilg'or davlatlar, xususan Germaniya va Turkiya tajribasi o'rganildi. Shulardan kelib chiqib, qator takliflar ishlab chiqilib, ishlar boshlanish arafasida. 

– Bundan buyog'iga yangi qurilgan uylar 2 yil mobaynida quruvchi tashkilot boshqaruvida bo'ladi. Bu nima degani? 

– Quruvchi tashkilot ko'p kvartirali uy-joylarni loyihalash va qurish jarayonida unga xizmat ko'rsatishini ham inobatga olib yuqori sifatni ta'minlashga yanada jiddiy e'tibor qaratadi. 

– Quruvchi ko'p kvartiradagi xonadonlarni xaridorga sotgan vaqtida, shu uyning majburiy badali xarajatlarini asoslantirgan holda shartnoma tuzadi.  Shuningdek, aholida fasad qismlarini o'zgartirmaslik majburiyati paydo bo'ladi.

– Mavjud boshqaruv kompaniyalar hududi belgilanib biriktiriladi va hududdagi ichki kommunikatsiya tarmoqlari boshqaruv kompaniya tasurrufiga o'tkaziladi. 

– Boshqaruv tashkilotlarining elektron reytingi tuziladi va elektron tizimga integratsiya qilinadi.  Ya'ni aholi o'z hududlari uchun reytingda ijobiy ko'rsatkichlarga ega bo'lgan boshqaruv tashkilotlarini tanlay oladilar. O'z navbatida sohada sog'lom raqobat yuzaga keladi, xizmat sifati yaxshilanadi, pirovard natijada aholining boshqaruv tashkilotlariga ishonchi ortadi.

– Shirkatlar rahbarlari va xodimlarini ko'p kvartirali uylarni boshqarish menedjmentiga, shuningdek tor doiradagi mutaxassislikka o'qitish rejalashtirilgan. 

– Aholini ko'p qavatli uylarda yashash madaniyatini kichik yoshdan shakllantirish maqsadida maktab darsliklariga kommunal xizmatlardan to'g'ri foydalanish ko'nikmalari kiritiladi. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!