Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:38
telegram
Chilida 75 kishi itlarning vaktsinasi bilan emlandi

 27 APREL, 06:35 114

.

Ikki nafar chililik veterinar katta miqdorda jarima to'laydigan bo'ldi. Xabarlarga ko'ra, ushbu kimsalar o'nlab odamlarni itlar uchun mo'ljallangan vaktsina bilan emlagan.

Rasmiylarning aytishicha, voqea o'tgan yilning oxirida, mamlakatda COVID-19 vaktsinasi hali etib kelmagan davrda yuz bergan.

Mamlakat shimolidagi Kalama shahrida istiqomat qiluvchi Karlos Pedro, emlash vositasini insonlarda qo'llab ko'rganini va uni sotishni mo'ljallaganini tan oldi. O'z qilmishi uchun u 9,000 dollar miqdorda jarimaga tortildi.

Huddi shu shaharning yana bir veterinariya shifokori, Mariya Fernanda Munyos, o'zini va barcha xodimlarini ushbu vaktsina bilan emladi. Hukumat esa bu haqda tasodifan bilib oldi, tekshiruvlar vaqtida ular kasalxona xodimlari niqob taqmaganini ko'rib qolishgan, chunki ular o'zlarini to'liq himoyangan deb hisoblamoqda edi.

Mariya Munyosni esa hukumat 10,000 dollar jarimaga tortdi.

Ayni damda qancha inson bu vaktsina bilan emlangani noma'lum, ammo taxminlarga ko'ra bu 75 kishi ushbu vaktsina bilan emlangan bo'lishi mumkin.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!