Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:29
telegram
O'zbekistonda nechta tarbiyachi va tarbiyalanuvchi koronavirus yuqtirib olgani ma'lum bo'ldi

 26 APREL, 22:55 125

.

O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 2021 yil 25 aprel holatiga ko'ra koronavirus infektsiyasi qayd etilgan xodimlar soni 36 nafarga etdi. Bu haqda Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo'jaeva AOKAda o'tkazilgan brifingda ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar orasida 42 ta tarbiyalanuvchida kasallanish alomatlari aniqlangan, 11 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti 14 kunlik onlayn rejimda o'z faoliyatini davom ettirmoqda.

Toshkent shahrida 25 ta tarbiyalanuvchi va 28 ta xodim davolanmoqda. Toshkent shahridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan 8 tasi 14 kunlik onlayn rejimga o'tdi. Toshkent viloyatida 9 nafar tarbiyalanuvchi, 9 nafar xodim davolanmoqda. 4 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti 14 kunlik onlayn rejimda ishlamoqda.

Samarqand shahrida 4 nafar tarbiyalanuvchi va 2 nafar tarbiyachida koronavirus aniqlangan. Tashkilotlarda koronavirus infektsiyasi aniqlangani sababli 27 apreldan boshlab Samarqand shahridagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 14 kunlik karantin joriy etildi.

Sirdaryo viloyatining 4 nafar tarbiyalanuvchisida kasallik alomatlari aniqlangan bo'lib, to'rtala holat ham Guliston shahrida aniqlandi. Surxondaryo viloyatida 3 nafar tarbiyalanuvchida kasallanish alomatlari aniqlangan. Namangan viloyatida 1 nafar tarbiyalanuvchida kasallanish holati kuzatilgan.

Navoiy viloyatida 2 nafar MTM xodimida kasallik aniqlangan, bog'cha 14 kunlik masofaviy ta'lim va tarbiya berish rejimiga o'tkazildi. Xorazm viloyati Hazorasp tumani Maktabgacha ta'lim bo'limi xodimlaridan birida ham kasallik aniqlangan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!