Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:23
telegram
Evrokomissiya AstraZeneca kompaniyasini sudga berdi

 26 APREL, 21:45 112

.

 

Evrokomissiya (EK) AstraZeneca kompaniyasini vaktsina etkazib berish bo'yicha shartnomani buzgani uchun sudga berganini rasman tasdiqladi. Bu haqda Evrokomissiya vakili Stefan De Keersmaker ma'lum qildi.

"Evrokomissiya AstraZeneca kompaniyasini vaktsina etkazib berish bo'yicha kelishuvni buzgani uchun sudga berdi. Shartnomaning ayrim bandlariga amal qilinmadi va kompaniya etkazib berish o'z muddatida tiklanishi borasida ishonchli strategiyani taqdim eta olmadi", - dedi u.

 "Sezilarli miqdordagi dozalar zudlik bilan etkazib berilishi biz uchun juda muhim, shu bois Evrokomissiya o'zi va EIning 27 mamlakati nomidan kompaniyaga nisbatan da'vo kiritdi", - dedi u.

 AstraZeneca birinchi chorakda EIga shartnomadagi 120 mln o'rniga 40 mln dozadan kamroq vaktsina etkazib berdi. EIning qator davlatlari vaktsina to'liq etkazilmagani uchun milliy emlash rejasini qayta ko'rib chiqishga majbur bo'ldi.

Evrokomissiya AstraZeneca bilan 400 mln doza vaktsina etkazib berilishi bo'yicha o'tgan yil avgustida, hali vaktsina ishlab chiqilmasdan turib shartnoma imzolagandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!