Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:13
telegram
Toshkent shahrida tadbirkorning avtotransport vositalarini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

 26 APREL, 20:45 75

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo'limi tomonidan “T.” MChJ ta'sischisining murojaatiga asosan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, MChJning 50 foiz ulushdori A.X. va boshqalar jamiyat balansidagi mijozlarga lizing asosida berilgan 4 ta avtotransport vositalarini korxona balansidan chiqarish to'g'risida yig'ilish bayonnomasini qalbakilashtirib, ushbu avtotransportlarni jami 837 mln so'mga boshqa shaxslarga sotib yuborishib, jamiyat manfaatlariga juda ko'p miqdorda zarar etkazishganliklari, shuningdek, A.X. o'zining sheriklari mijozlardan shartnomalarga asosan qabul qilingan 5,5 mlrd so'm naqd pulni jamiyat hisob raqamiga kirim qilmasdan, o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!