Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:36
telegram
SUD QARORI BILAN TAShKILOTNING HUJJAT NUSXALARI MAJBURIY TARTIBDA OLINDI

 26 APREL, 20:40 80

.

Toshkent tumanlararo Ma'muriy sudining 24.02.2021 yildagi ajrimiga asosan undiruvchi U.Abdullaev foydasiga qarzdor Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasiga nisbatan Toshkent shahar Chilonzor tumani, I.Karimov va Furqat ko'chalari kesishmasi, Toshkent shahar, Mirobod tumani, I.Karimov ko'chasi hamda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov va A.Navoiy ko'chalari kesishmasida joylashgan reklama konstruktsiyalari haqidagi hujjatlarni (ariza, qaror, komissiya bayonnomasi, reklama joylarining pasporti va boshqa hujjatlar) taqdim etish to'g'risidagi ijro hujjati 10.03.2021 yilda Byuroning Toshkent shahar Chilonzor tuman bo'limi ish yurituviga kelib tushgan. MIB tuman bo'limi tomonidan 10.03.2021 yil kuni O'zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida qaror qabul qilingan va taraflarga yuborilgan.  Ijro harakatlari davomida, qarzdor Toshkent shahar arxitektura boshqarmasining 25.03.2021 yildagi 01/03-234-sonli xatiga asosan ijro hujjatida ko'rsatilgan reklama konstruktsiyalarining pasport nusxalari olingan bo'lib, ushbu hujjatlar Toshkent tumanlararo ma'muriy sudining ixtiyoriga yuborildi va O'zbekiston Respublikasi  “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonunning 41-moddasi, 1-bandiga asosan ijro ishi tamomlandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!