You Tube video ostidagi "dislike"larni yashirib qo'yishni sinab ko'ryapti
1 APREL, 21:40
You Tubening yangi tajribasiga ko'ra, tomoshabinga video ostidagi faqat "like" – yoqtirishlar soni ko'rinadi. "Dislike"lar soni video muallifiga ko'rinadi xolos. Tajribadan maqsad – "dislike"larning video muallifi faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi va "dislike" bosuvchi kuzatuvchilar sonini cheklash.
Sinov sekinlik bilan amalga oshirilyapti. Ba'zi foydalanuvchilar hozircha "dislike" sonini ham ko'rishi mumkin.
Manba: aniq.uz