Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:30
telegram
O'zbekistonlik talaba qutqargan yaponiyalik yigit tik-toker ekanligi ma'lum bo'ldi

 26 APREL, 17:15 55

.

Xabar berganimizdek,  Yaponiyada tahsil olayotgan yurtdoshimiz Eldor  O'rinboev dengizda cho'kib ketayotgan yapon o'spirinining hayotini saqlab qoldi. Ushbu xabar Yaponiya va mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida katta shov-shuvga sabab bo'ldi. «Dunyo» AA muxbiri kun qahramoniga aylangan vatandoshimiz Eldor O'rinboev bilan onlayn shaklda suhbatlashdi.

- Men Jizzax viloyatida 2000 yilda tug'ilganman, - dedi u. - Hozir Okinava prefekturasidagi Ginovan shahrida til maktabida tahsil olayapman. Darslardan bo'sh paytimizda do'stim bilan dengiz sohili bo'yiga aylanishga borgan edik. Suzish taqiqlangan joyda bir yapon bolasi cho'kayotganini ko'rib qolib, darhol unga yordam berishga oshiqdim va uni qutqarishga erishdim. Hozir o'spirinning ahvoli joyida, u hech qanday zarar ko'rmadi.

"U boladan kimligini so'raganimda, tik-toker ekani ma'lum bo'ldi. O'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga video tasvir qo'yish maqsadida dengizga o'zini otgan ekan. Lekin dengiz suvining sovuqligi va suzish qiyinligi uchun vaziyatni boshqara olmagan", deb yozadi «Dunyo» AA muxbiri.

Tengdoshlarimga ijtimoiy tarmoqlarda layk to'plash uchun o'z hayotini xavfga qo'yib, bunday ishlarni qilmasligini maslahat bergan bo'lardim. Bunday noxush voqealardan, ayniqsa, ota-onalarimiz qattiq jabr ko'radi.

Men Yaponiyada o'qishni davom ettirib turizm sohasida etuk mutaxassis bo'lishni orzu qilayapman. Kelajakda ushbu yo'nalishda O'zbekiston va Yaponiya aloqalarining rivojlanishiga o'z hissamni qo'shish niyatidaman.

O'zbekiston echixonasi ma'lumotiga ko'ra, ushbu voqea haqida xabar tezlik bilan butun Yaponiya bo'ylab tarqaldi. Yaponiyalik ko'plab kishilar ijtimoiy tarmoqlarda yurtdoshimizning qahramonligini e'tirof etib, o'z minnatdorligini izhor qildi.

Eslatib o'tamiz, 24 aprel kuni Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi o'zbekistonlik talabaga dengizga cho'kayotgan yaponiyalik bolani qutqargani uchun minnatdorlik bildirdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!