Xayirli kun, Guest!
Soat: 18:39
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Koronavirusning “afrikancha” shtammi uning oldingi turlaridan nimasi bilan farq qiladi?

 26 APREL, 14:00 80

.

Koronavirusning “afrikancha” shtammi uning oldingi turlaridan nimasi bilan farq qiladi?

SSV Matbuot xizmatining ushbu savoliga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Sevara Ubaydullaeva javob berdi: 

—  “Afrikancha” shtammning alohida belgisi boshqa mutatsion shtammlarga nisbatan og'irroq kechuvidadir. Koronavirus infektsiyasi organizmga tushganida gumoral immunitet birlamchi ishni boshlaydi, bu shtamm mazkur jarayonga o'ta chidamli bo'lib, gumoral immunitet hujayralari bu shtammni engishga qiynaladi, natijada virusning organizmni jarohatlash imkoniyati kengayadi.

Mazkur shtammni yuqtirgan odamlarda kasallik birdaniga boshlanib, jadal kechadi va qisqa muddatda o'pkani katta qismini jarohatlashi mumkin. Shu boisdan ham kasallik boshqa shtammlarga nisbatan og'irroq kechadi.

Hozirda “afrikancha” shtamm eng havfli deb tan olingan. Bu shtamm bilan kasallanganlarda koronavirus infektsiyasi og'ir va o'ta og'ir darajada o'tadi. Lekin bu shtamm birlamchi koronavirusga va britancha shtammga nisbatan sekin tarqaluvchandir.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!