Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:42
telegram
Nogironlik yoki yosh bo'yicha nafaqa tayinlash to'g'risidagi arizaga qanday hujjatlarni ilova qilish

 26 APREL, 13:15 83

.

— Nogironlik yoki yosh bo'yicha nafaqa tayinlash to'g'risidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

* yosh bo'yicha nafaqa tayinlashda — ariza beruvchining yoshini tasdiqlovchi hujjat (pasportdan ko'chirma yoki tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma nusxasi);

* yashash joyidan berilgan ma'lumotnoma, unda barcha oila a'zolarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug'ilgan yillari, qarindoshlik darajasi, nafaqa so'rab murojaat etgan shaxs oilasi har bir a'zosining turmush kechirish manbalari ko'rsatilgan bo'lishi kerak;

* ariza beruvchi oilasining umumiy  daromadi to'g'risida ma'lumotnoma;

nogironlik bo'yicha nafaqa tayinlashda — TMEKning nogironlikni tasdiqlovchi xulosasi;

* boquvchisini yo'qotganlik bo'yicha nafaqa tayinlashda — boquvchisining vafot etganligi to'g'risidagi guvohnoma va bolalarning tug'ilganligi to'g'risidagi guvohnomalar nusxalari.

Bolalikdan nogironlik va boquvchisini yo'qotganlik bo'yicha nafaqalar O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi bo'limlari tomonidan tayinlanadi. Nafaqalar barcha zarur hujjatlar mavjud bo'lgan taqdirda murojaat etilgan kundan boshlab tayinlanadi. Nafaqa tayinlash to'g'risidagi ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza taqdim etilgandan keyin 10 kundan kechikmay ko'rib chiqiladi. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda ijtimoiy ta'minot bo'limi tegishli qaror chiqarilgandan so'ng 10 kundan kechikmay rad etilganlik to'g'risidagi bildirishni ariza beruvchining qo'liga beradi yoki pochta orqali yuboradi hamda bir vaqtning o'zida barcha hujjatlarni qaytaradi.

Tuman (shahar) ijtimoiy ta'minot bo'limining qarori ustidan ariza beruvchi yuqori tashkilotga shikoyat qilishi mumkin. Ariza beruvchi javobdan qoniqmagan taqdirda nizo belgilangan tartibda sud orqali hal qilinadi.

2021 yil 1 fevraldan boshlab:

mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so'm;

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 so'm;

eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 466 680 so'm;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 466 680 so'm;

zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 286 390 so'm;

I va II guruh nogironlariga oliy ta'lim muassasalariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qo'shimcha ravishda ikki foizli kvota ajratilgan.

Xodimlarining soni yigirma kishidan ortiq bo'lgan korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam sonini belgilaydi va zaxirada saqlaydi. Ish beruvchi belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi tomonidan yo'llangan nogironlarni ishga qabul qilishi shart.

TMEKning nogironlarga to'liqsiz ish vaqti rejimi o'rnatish, ularning vazifasini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun majburiydir. I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to'lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o'ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi. I va II guruh nogironlariga o'ttiz kalendar kundan kam bo'lmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy ta'til beriladi.

Nogironlarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga ularning roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo'lsa, yo'l qo'yiladi.

Nogironligi bo'lgan shaxslar protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan bepul ta'minlanish huquqiga ega bo'lgan imtiyozli shaxslar ro'yxatiga kiritilgan. Muhtoj nogironlar reabilitatsiya texnik vositalarini o'z mablag'lari hisobiga sotib olgan taqdirda, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya to'lanadi.

Savolga Izboskan tuman Adliya bo'limi bosh maslahatchisi A. G'ulomjonov javob berdi.

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!