Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:22
telegram
Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorlarga vaktsina qilinadimi?

 26 APREL, 12:05 112

.

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorlarga vaktsina qilinadimi?. SSV Matbuot xizmatining ushbu savoliga vazirlik qoshidagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullaeva javob berdi: 

—  Vaktsinalar – kasallikni oldini olishga qaratilgan vositalar bo'lib, ularni organizmga yuborish uchun inson o'tkir yoki surunkali kasalliklardan butunlay davolanib,  emlashni tinch davrda amalga oshirish kerak.. 

Uni ikki xil vaqtda, ya'ni koronavirus infektsiyasi bilan umuman kasallanilmagan holatda yoki kasallikka chalingach 3, 6 yoki 9 oy o'tib, qonda kasallikka qarshi ishlab chiqilgan antitanachalar titri kamaygan yoki umuman tushib ketgan holatlarda emlashni o'tkazish tavsiya etiladi.  

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus bilan og'ir holatda davolanayotgan bemorlar organizmiga, afsuski, infektsiya tushib bo'lgan va kasallikning o'tkir yoki o'tkir osti davrida emlash tavsiya etilmaydi. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!