Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:08
telegram
Qoraqalpog'istonda ayol voyaga etmagan farzandini bolg'a va pichoq bilan jarohatladi

 26 APREL, 11:35 82

.

Yaratganning ulug' ne'mati – dunyoga keltirgan farzandini oq yuvib-oq tarab voyaga etkazish, ilm-ma'rifatli, odobli qilib tarbiyalash har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

Afsuski keyingi yillarda bu mas'uliyatga engil qarab, farzandlari jismini, ko'nglini jarohatlayotganlar ham uchramoqda.

Amudaryo tumanining chekka ovullaridan birida istiqomat qiluvchi Halima (ism o'zgartirildi) ham shundaylar sirasiga mansub ekanligini o'z harakatlari bilan oshkor etdi.

U turmush o'rtog'i “sen bilan yashamayman, menga senday ayol kerak emas”, deb uyidan onasikiniga ketib qolganiga jahl qilib, alam ustida o'z yashash xonadonida besh yashar voyaga etmagan qizining bosh qismiga bir necha marta bolg'a bilan urgan. So'ng qo'liga pichoq olib bosh va o'ng barmoq qismlariga bir necha marta qasddan urib, qizaloqqa og'ir shikast etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan tayinlangan sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko'ra, qizaloqda boshning jarohati, bosh miya yopiq jarohati, miya siljishi, bosh suyagi o'yilgan jarohati, bo'yin orqa tomon suyaklari sinishi, peshona jarohati, o'ng qo'l 3-4 barmoqlar sinishi, o'ng qo'l 4-barmoqning tirnog'i tushishi, bo'yinning orqa tomoni shilingan jarohatlari aniqlangan.

Tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlarining ko'rsatgan tibbiy yordamlari tufayli qizaloq omon  qoldi. Biroq onasi etkazgan bu azoblarni unuta olarmikan? Unga yana ona deya olarmikan?

Yaqinda Jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudida ana  shu jinoyatni sodir etgan berahm ayolning ishi muhokama etildi. Ehtiyot chorasi  sifatida qamoqda saqlanayotgan ayolga qilmishiga yarasha jazo tayinlandi.

S.DAVLETMURODOV,

Jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudi raisi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!