Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:01
telegram
Xitoy kompaniyalari o'zbek loyihalarini o'z zimmasiga oladi

 1 APREL, 20:55 126

.

31 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Savdo vaziri Van Ventao bilan videokonferentsiya shaklida muzokaralar o'tkazdi.

Ma'lum qilinishicha, muloqot davomida ikki Davlat rahbarlarining sa'y-harakatlari tufayli ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar izchil mustahkamlanib borayotgani ta'kidlandi.

O'zbekiston – Xitoy hamkorligini rivojlantirish doirasida turli sohalarda ko'plab yirik loyihalar amalga oshirildi. Shuningdek, tomonlar kimyo, elektrotexnika, to'qimachilik, charm mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi hamda qurilish materiallari sanoatida investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo'yicha mavjud imkoniyatlarni muhokama qildilar.

Hozirgi kunda xitoylik investorlar bilan hayotga tatbiq etilishini taqozo etuvchi 40 ta istiqbolli loyiha takliflari ishlab chiqilgan.

Bundan tashqari, «2021-2025 yillarda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish dasturi» ni tasdiqlash to'g'risida O'zbekiston va XXR hukumatlari o'rtasida kelishuv loyihasini ishlab chiqishni tezlashtirish bo'yicha sa'y-harakatlarni birlashtirishga qaror qilindi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!