Xayirli tun, Guest!
Soat: 23:14
telegram
Navoiyda fohishaxona tashkil etgan ayolga sud hukmi o'qildi

 26 APREL, 10:25 92

.

Joriy yilning 05 aprel kuni jinoyat ishlari bo'yicha Xatirchi tuman sudi binosida o'tkazilgan ochiq sud majlisida fohishaxona tashkil etgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ko'rib chiqildi.

Jinoyat tafsilotlariga ko'ra, 1962 yilda tug'ilgan Bahora Xoliqova Rizaqulovna (shaxsi o'zgartirilgan) ijtimoiy foydali mehnat faoliyati bilan shug'ullanmasdan, oson yo'l bilan pul topish maqsadida, 2021 yil 13 fevral kuni soat 00:20larda g'arazli yoki boshqa past niyatlarda o'zining Xatirchi tumani “Samarqand” MFY hududida joylashgan yashash xonadonida moddiy manfaatdor bo'lish maqsadida fuqaroA.X va S.S.larini T.Sh bilan jinsiy aloqada bo'lishi uchun sharoit yaratib berib, evaziga A.X va S.Slardan 80.000 (sakson ming) so'm pullarni olib fohishaxona tashkil qilganligi Xatirchi tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor-tadbir jarayonida aniqlanib 80.000 so'm pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida xujjatlashtirib olingan.

Sud, Bahora Xoliqova Rizaqulovnani sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanganligini, uning aybiga to'liq iqrorligini, qilmishidan chin ko'ngildan pushaymonligini, oilaviy sharoiti inobatga olib, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 131-moddasi 2-qismi bilan 1 (bir) yil 6 (olti) oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Suyun Bo'taev, Jinoyat ishlari bo'yicha Xatirchi tuman sudi raisi

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!