Xayirli tun, Guest!
Soat: 23:41
telegram
Fuqarolarga imtiyozli kredit ajratib o'zlashtirgan bank sobiq xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo'z

 26 APREL, 10:25 97

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Do'stlik tuman bo'limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Mikrokreditbank” Do'stlik mini banki sobiq mudiri Sh.B., sobiq xodimi D.Q. va boshqalar mansab vakolatini suiiste'mol qilib, 2019-2020 yillarda 7 nafar fuqaroning xabardorligisiz ularning nomidan imtiyozli shartlarda 156 mln so'm kreditlarni rasmiylashtirib, ushbu mablag'larni o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!