Xayirli kech, Guest!
Soat: 20:24
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Ertadan maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari yopiladi

 26 APREL, 10:20 137

.

Samarqand shahridagi maktabgacha ta'lim muassasalari hamda umumiy o'rta ta'lim maktablarida koronavirus infektsiyasini yuqtirib olish holatlari ko'plab kuzatilmoqda.

Infektsiyani yuqtirib olish ko'rsatkichi keyingi kunlarda bir necha barobar oshib borayotganligi bois  shahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining qarori tasdiqlandi. Unga ko'ra,  shahardagi barcha maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarida 14 kunlik karantin joriy etildi.

Shu sababli o'quvchilarga erta, 27 apreldan boshlab onlayn ta'lim berish tizimi yo'lga qo'yiladi. Eslatib o'tamiz, muassasalarga kirib-chiquvchilar orasida karantin davrida koronavirusni yuqtirib olish holatlari kuzatilmasa ta'lim berish tizimi an'anaviy yo'lga qo'yiladi. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!