Xayirli tun, Guest!
Soat: 23:29
telegram
Chinoz tumanida IIBga chaqirtirilmagan fuqaroning noqonuniy xatti-harakati yuzasidan ma'lumot berild

 26 APREL, 09:45 99

.

Tafsilotga ko'ra, 2021 yil 21 aprel kuni fuqaro A.Otajonov o'zining faceebookʼ ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga chiqib, qarindoshi M.Xolmatov bilan birgalikda hududiy IIO xodimlari tomonidan chaqirtirilmagan bo'lsada, «Sarbozor» MFY idorasiga (shu idorada tashkil etilgan 29-sonli Huquq-tartibot maskaniga) kirib kelgan.

Shu vaqtda xizmat xonasida bo'lgan profilaktika inspektori T.Narkulov fuqarodan tasvir (to'g'ridan-to'g'ri efir)ga olishni to'xtatishni talab qilgan. Profilaktika inspektori bu vaqtda uning xizmat xonasida o'zaro nizoli holat yuzasidan murojaat bilan kelgan boshqa fuqarolar borligi va ular bilan ishlayotgan vaqtida fuqarolarning shaxsiy daxlsizligi, ularning yuzi, inspektorning xonasida ekanligi, shaxsiy ma'lumotlari oshkor bo'lishini oldini olish maqsadida to'g'ridan to'g'ri efirga uzatishni to'xtatishini talab qilgan va fuqaro qonuniy talabni bajarmagach tasvirga olinishiga chek qo'ygan.

Garchi fuqaro A.Otajonovdan IIO xodimlari tomonidan chaqirtirilmagan bo'lsada, nima masalada kelganini va holat yuzasidan tushuntirishini so'raganida, u turli savollar berib inspektorining qonuniy talablariga bo'ysunmagan. Boshqa fuqarolarni e'tiborini jalb etgan holda inspektorga qarshilik ko'rsatgan.

Holat yuzasidan to'plangan hujjatlar asosida 2021 yil 23 aprel kuni Toshkent viloyati JIB Chinoz tumani sudida, sudya R.Rahimjonov raisligida sud majlisi bo'lib o'tgan.

Sudda, guvohlarning ko'rsatmalari A.Otajonovning oilaviy ahvoli va o'z aybiga iqrorligi inobatga olinib, fuqaro A.Otajonov Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 194-moddasining 1-qismi va 195-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etgan deb topilgan va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 34-moddasi tartibida 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlash to'g'risida qaror qabul qilingan.

Shu o'rinda jurnalistlar, blogerlar va fuqarolardan biror holat yoki murojaatni namoyish etish oldidan masalani ikki tomonlama, xolis o'rganib chiqish so'raladi. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!