Xayirli kech, Guest!
Soat: 20:31
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Quduqqa tushib ketgan sigir chiqarib olindi

 26 APREL, 09:05 29

.

Joriy yilning 25 aprel kuni soat 17:40 da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor boshqaruv markaziga “1050” qisqa raqami orqali Forish tumani Osmonsoy qishlog'ida istiqomat qiluvchi fuqaro sigiri hovlisida qazilgan chuqurligi 9-10 metr bo'lgan quduqqa tushib ketganligi hamda uni olib chiqishda amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan, boshqarma yong'in-qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan etib bordi. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida sigir talofatlarsiz quduqdan chiqarib olindi. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!