Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:30
telegram
Sirdaryoda 81 ming evro miqdoridagi qalbaki valyuta aniqlandi

 26 APREL, 08:55 129

.

«Qishloqqurilishbank» Sirdaryo mintaqaviy filialida 81 ming evro miqdoridagi xorijiy valyutadagi qalbaki pul aniqlangan. Mazkur holat bo'yicha hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish maqsadida viloyat IIBga taqdim qilingan.

«Ayni paytda mazkur holat bo'yicha jinoyat ishi ochilgan va surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari yakunlangach, qo'shimcha ma'lumotlar e'lon qilinadi», deyiladi xabarda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!