Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:29
telegram
Elektr ta'minotidagi 25 yillik muammo hal bo'ldi

 1 APREL, 20:45 126

.

    Keyingi yillarda mamlakatimizda elektr energiyasi va gaz sohasida juda katta loyihalar amalga oshirildi. Lekin shunga qaramay yurtimiz aholisini elektr energiyasi bilan ta'minlash borasida ayrim muammolarga duch kelinmoqda.

      Bu holat, ayniqsa, kuz-qish mavsumida yaqqol ko'zga tashlanadi. So'nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ham gaz va elektr energiyasi bilan bog'liq holat turli muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Prezidentimiz raisligida joriy yil 24 mart kuni “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar muhokamasiga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida bu boradagi amaliy ishlar muhokama qilinib, bajarilishi lozim bo'lgan muhim vazifalar belgilandi.

   Elektr ta'minotini yaxshilash dolzarb ekanini hayotning o'zi ko'rsatayotgani, shu bois, 5 ming 377 ta mahalladagi 15 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari hamda 4 mingdan ortiq transformatorni yangilash belgilanyotgani aytilib, ushbu chora-tadbirlarga qariyb 2 trillion 100 milliard so'm yo'naltirilishi ta'kidlandi.

   Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.To'razoda Bog'ot tumanidagi uchrashuvlari doirasida tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

   Uchrashuv davomida I.Batirovning 25 yil mobaynida hududda amalga oshirilmagan ishlarning qisqa muddatda bajarilgani deputat tomonidan yuqori baholandi. Chunki yosh rahbar tashabbusi bilan “O'zbekiston”, “Tozabozor”, “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan “Ortiq Otajonov”, “Obod” mahallalarda ko'p yillardan buyon echimini kutib yotgan masalalar hal etildi. Yangi simyog'ochlar, yuqori kuchlanishga ega transformator o'rnatildi.

  Parlament quyi palatasi deputati B.To'razoda shu kuni “Bog'zor” mahallasida o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash bo'yicha o'rganishlar olib bordi.

   Aniqlangan masalalarni bartaraf qilish, bu borada aholiga tushuntirish ishlarini olib borish bo'yicha Bog'ot tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari O.Quryozovga tegishli tavsiyalar berdi.


Elektr ta'minotidagi 25 yillik  muammo hal bo'ldi
Elektr ta'minotidagi 25 yillik  muammo hal bo'ldi

 

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!