Xayirli kech, Guest!
Soat: 20:13
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
So'nggi uch yilda Evropada har kuni 17 nafar muhojir bola bedarak yo'qolgan

 26 APREL, 07:55 96

.

2018 yilning yanvaridan 2020 yilning dekabriga qadar Evropada 18 ming 292 nafar muhojir bola bedarak yo'qolgan. Bu kuniga qariyb 17 nafar bola g'oyib bo'lgan, deganidir.

Bu Buyuk Britaniyaning ”The Guardian“ nashri va ”Lost in Europe" xalqaro jurnalistlar hamjamiyati tomonidan olib borilgan kuzatuvlar yakunida ma'lum bo'ldi.

«So'nggi uch yil ichida bedarak yo'qolgan bolalarning aksariyati Evropaga Marokash, Jazoir va Afg'onistondan kelgan oilalarning farzandlaridir. Ularning 90 foizini o'g'il bolalar tashkil etadi, taxminan har oltinchisi 15 yoshgacha bo'lgan bolalardir», deyiladi xabarda.

Masalan, birgina 2020 yilning o'zida Evropaning 13 mamlakatida 5768 nafar bola bedarak yo'qolgan.

«Bu bolalarni himoya qilish tizimi ishlamayotganligidan dalolatdir», deydi "Missing Children Europe" tashkilotining himoya va migratsiya bo'limi rahbari.

Uning so'zlariga ko'ra, jinoiy tashkilotlar tobora ko'proq muhojir bolalarni nishonga olmoqda va ularning aksariyati odam savdosi, shuningdek, mehnat va jinsiy ekspluatatsiya qurbonlariga aylanmoqda.

Avvalroq, Gollandiyada boshpana topgan 60 nafarga yaqin vetnamlik muhojir bola g'oyib bo'lgani haqida xabarlar tarqaldi. Gollandiya hukumati bolalar Buyuk Britaniyaga giyohvand moddalar etishtiradigan fermer xo'jaliklarida va salonlarda ishlash uchun olib ketilgan, deb gumon qilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!