Xayirli kun, Guest!
Soat: 15:18
telegram
Hindistonda kislorod etishmasligi sababli o'nlab bemorlar vafot etdi

 26 APREL, 07:30 88

.

Juma kuni kechqurun Dehlidagi kasalxonalardan birida tibbiy kislorod etishmasligi sababli koronavirus infektsiyasiga chalingan kamida 25 nafar bemor vafot etgan. Bu haqda Hindistonning "NDTV“ telekanali ushbu voqea yuz bergan ”Jaipur Golden Hospital" shifoxonasi bosh shifokoriga tayanib xabar bermoqda.

Bosh shifokor D. K. Balujaning aytishicha, kasalxona kutilganidek kechki 17:00 da emas, balki yarim tunda zarur bo'lgan kislorodni qabul qilingan va o'sha vaqtga qadar 25 nafar bemor vafot etib bo'lgan.

Shifokorning so'zlariga ko'ra, shifoxonada 200 dan ortiq odam og'ir ahvolda va kislorod bilan ta'minlanish deyarli tugagan.

O'tgan kun davomida Hindistonda 346 ming nafardan ortiq odamda infektsiya aniqlandi. Bu mamlakatda pandemiya boshidan beri qayd etilgan rekord ko'rsatkich hisoblanadi.

Hozirda Hindiston koronavirus bilan kasallanganlar soni bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda bormoqda. Pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda 16,6 milliondan ortiq infektsiyani yuqtirganlar qayd etilgan. 189,5 ming nafar bemor koronavirus asoratlari tufayli hayotdan ko'z yumgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!