Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:02
telegram
Ilon Maskdan 100 mln dollarlik mukofot

 26 APREL, 07:15 89

.

Tesla bosh direktori Ilon Mask karbonat angidridni tejamkor ravishda yoqilg'iga aylantirish yo'lini topadigan ixtirochiga 100 million dollar va'da qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Maskning so'zlariga ko'ra, vaqt o'tishi bilan sovrin miqdori oshishi mumkin.

U atmosferadan uglerod ajratib olish texnologiyasi havodan ifloslantiruvchi zaharli gazlar ajralib chiqish darajasini 2050 yilga qadar nolga etkazishda juda muhim bo'lishi mumkinligini ta'kidladi.

Konkurs 2025 yil Xalqaro er kuniga qadar to'rt yil davom etadi.

Yanvar oyida Ilon Mask Marsda koloniya tashkil qilish yo'lida o'zining barcha davlatini sotib yuborishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!