logotip
Hi, Guest!
Soat: 15:32
LoginA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Pandemiya tufayli nemis tiliga 1200 ta yangi so'z qo'shilgan

 26 APREL, 06:35

Koronavirus pandemiyasi tufayli nemis tili o'tgan yili kamida 1200 ta yangi so'z bilan boyigan, deya yozmoqda "New York Post".

Doktor Kristin Mers ushbu hodisani dunyoda yangi yoki hatto g'ayrioddiy narsa yuz berganda, odam barcha hodisalarni o'z nomlari bilan chaqirishi kerakligi bilan izohlaydi. Aks holda qo'rquv va ishonchsizlik paydo bo'lishi mumkin.

«Til katta kuchga ega. To'g'ri shakllantirish va so'zlarni juda ehtiyotkorlik bilan tanlash qanchalik muhimligini biz qayta-qayta ko'rib turibmiz» deydi mutaxassis.

Berlin universiteti professori Anatol Stefanovichning ishonch bilan aytishicha, nemis tilidagi bu o'zgarishlarni noyob hodisa deb hisoblash mumkin. Negaki, kamida Ikkinchi Jahon urushidan beri bunday holat kuzatilmagan.

Manba: aniq.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR