Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:15
telegram
O'g'rilik sodir qilgan shaxs qo'lga olindi

 25 APREL, 10:05 133

.

2021 yil 23 aprel kuni Qo'shrabot tumani IIBga, “Na'muna” MFYda yashovchi, Q.T. ariza bilan murojaat qilib, arizasida 22 aprel kuni soat 22:00larda, yashash uyiga noma'lum shaxs kalit tanlash yo'li bilan g'ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasidagi shkafdan 9.000.000 so'm pullarini o'g'irlab voqea joyidan yashiringanligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu o'g'rilik jinoyatini, Qo'shrabot tumani, Qo'rolos MFYda yashovchi, 1989 y.t.  T.Sh. sodir qilganligi aniqlanib, hujjatlashtirilgan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O'g'rilik) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!