logotip
Hi, Guest!
Soat: 06:14
LoginA'zo bo'lish
SAYTDAN QIDIRISH
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Namanganda ishchilar tuproq ostida qolib, halok bo'lishdi

 24 APREL, 20:30

2021 yil 24 aprel kuni soat 14¹⁰ larda “Azizbek Avtogaz Servis” MChJga tegishli bo'lgan Namangan shahar, Shodlik MFY, A.Navoiy ko'chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan ko'p qavatli uylarga kanalizatsiya tarmog'ini tortib o'tish uchun transheya kovlash ishlari olib borilayotgan vaqtda, tuproq qatlamining o'pirilib ketishi natijasida er sathidan 4,5 metr pastlikdagi transheya ichida ishlayotgan yollanma ishchilar Chortoq tumani, Chortoq MFYda yashagan K.Yo. va Namangan tumani, Navbahor MFYda yashagan A.Sh.lar tuproq ostida qolib, hodisa joyida vafot etishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida qurilishi tugallanmagan ko'p qavatli turar joy ob'ektlari qurilishi va kanalizatsiya tarmog'i tortish ishlari Namangan shahrida faoliyat olib boruvchi “Azizbek Avtogaz Servis” MChJ tomonidan amalga oshirilayotganligi, jamiyatga turar joy ob'ektlarini qurish uchun Namangan shahar hokimining 20.06.2018 yildagi 913-sonli qaroriga asosan ruxsat berilganligi, biroq kanalizatsiya tarmog'i tortish uchun er uchastkasida qazish ishlarini amalga oshirishga shahar hokimining tegishli ruxsatnomasi olinmaganligi aniqlangan.

Hozirda vafot etgan shaxslarning o'limi sabablarini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan mazkur holat yuzasidan 24.04.2021 yilda O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR