Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:28
telegram
Ozodbek Nazarbekov xalqdan otasi haqiga duo qilishlarini so'radi

 24 APREL, 19:55 105

.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov otasining tobi yo'qligini aytib ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat yo'lladi.

"Haqiqatdan ham otamizning biroz toblari yo'q. Allohga shukrki, kechagidan ancha yaxshi tomonga o'zgarish bo'ldi. Bemalol gaplashayaptilar, tushunyaptilar, javob qaytaryaptilar.

Shu o'rinda otamning salomatligi uchun kurashgan barcha shifokorlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular barcha imkoniyatni qilishyapti, harakat qilishyapti.

Men Ramazon oyining muborak juma kunida xalqimizdan iltimos qilaman juma namozlarida otamning haqlariga duo qilsangiz xursand bo'lardim",–degan o'z murojaatida Nazarbekov.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!