Beyonsening jami 1 million dollarlik buyulari o'g'irlab ketildi
1 APREL, 19:20
Amerikalik xonanda Beyonsening jami 1 million dollardan ko'proq bo'lgan buyumlari o'g'irlandi, deb yozadi Esquire.
2021 yil mart oyining boshida o'g'rilar ikki marotaba xonandaning buyumlar saqlanadigan xonalarga kirgan. Omborxona Beyonsening prodyuserlik kompaniyasi – Parkwood Entertainment’ga tegishli. Omborxonadagi uchta xonadan Beyonsening bir nechta libos, sumkalari hamda stilistning buyumlari ham o'g'irlab ketilgan.
Ma'lum bo'lishicha, Los-Anjeles politsiyasi allaqachon tergov ishlarini boshlagan, ammo hozirgacha hech kim hibsga olinmagan.
Manba: aniq.uz