Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:14
telegram
Indoneziyada 3 kun avval yo'qolib qolgan suvosti kemasi parchalari topildi

 24 APREL, 18:40 92

.

Qidiruv-qutqaruv guruhlari shu haftada yo'qolib qolgan Indoneziyaning KRI Nanggala-402 suvosti kemasining parchalarini topdi. Bu haqda Indoneziya harbiy-dengiz kuchlari shtabi boshlig'i admiral Yudo Margono ma'lum qildi.

 "Suvosti kemasi halokatga uchraganini isbotlovchi dalillarni hisobga olib, u yo'qolib qoldi bosqichidan cho'kib ketdi bosqichiga o'tkazildi", - dedi u.

Admiralning aniqlik kiritishicha, qutqaruvchilar xususan, torpedo apparati bo'laklari, periskopni moylash idishi va ekipaj a'zolarining joynamozlarini topishgan.

KRI Nanggala 402 bilan aloqa u 21 aprelda Bali oroli yaqinidagi mashg'ulotlar vaqtida sho'ng'ish uchun ruxsat olgandan 1,5 soat o'tib yo'qolgandi.

Uning bortida 53 kishi, jumladan, kema sardori, ekipajning 49 a'zosi va qurol bo'yicha 3 nafar mutaxassis bo'lgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!