Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:11
telegram
Argentina transport vaziri yo'l-transport hodisasida halok bo'ldi

 24 APREL, 18:25 91

.

Argentina transport vaziri Mario Meoni baxtsiz hodisa tufayli halok bo'ldi. Baxtsiz hodisa mahalliy vaqt bilan soat 22:30 da Karmen de Areko va San Andres-Jil shaharlari orasidagi 7-avtomagistralda sodir bo'lgan.

Rasmiy Rosario shahrida prezident Alberto Fernandes bilan bo'lib o'tgan tadbirdan so'ng tug'ilgan shahri Juninga qaytib kelayotgan edi. Vazirning avtomobili Ford Mondeo katta tezlikda harakatlanib, ag'darilib ketgan.

Ta'kidlanishicha, Meoni avtomobilni o'zi boshqargan va mashinada yolg'iz bo'lgan. Telekanal ma'lumotlariga ko'ra, mansabdorga haydovchi yollashni maslahat berishgan, chunki u har juma kuni ushbu yo'nalishda harakat qilgan. Biroq, vazir mashina haydashni yaxshi ko'rgani uchun rad etdi.

Mario Meoni 2019 yildan buyon Argentinaning transport vaziri bo'lib ishlagan. 2003 yildan 2015 yilgacha Juninning meri bo'lgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!