Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:25
telegram
Rossiya diplomatlarini yana bir nechta mamlakatlar ham "haydadi"

 24 APREL, 18:05 105

.

Estoniya, Latviya va Litva hukumatlari Rossiya – Chexiya o'rtasidagi diplomatik mojaroda Pragani qo'llab quvvatlashga qaror qildi. 

Estoniyadan rossiyalik bir diplomat chiqarib yuboriladigan bo'ldi. “Rossiya o'z harakatlari bilan xalqaro huquqni buzyapti, Evropa xavfsizligini xatarga qo'yyapti. Buni qabul qilib qo'lmaydi”, – deyiladi Estoniya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida. 

Rossiya elchixonasi Tallinning mazkur qaroriga Tvitterdagi sahifasi orqali munosabat bildirib, uni nodo'stona va mutlaqo asossiz aktsiya” deb atadi. Elchixonaning ta'kidlashicha, ushbu qarorning vayronkor oqibatlari ikki tomonlama munosabatlarda uzoq vaqt sezilib turadi. Shuningdek, Latviya bir nafar, Litva esa ikki nafar rossiyalik dilomatni yurtiga qaytarishga qaror qildi. 

«Latviya o'z hududi hamda hamkorlari va ittifoqchilarining hududlaridagi qo'poruvchilik faoliyatlariga toqat qilolmaydi», – deya yozdi Latviya Tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs Tvitterdagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Chexiya 2014 yilda Vrbetitsa qishlog'idagi qurol-aslaha omborida yuz bergan portlashda Rossiya razvedkasining qo'li borligini aytib, 18 nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi. Moskva ham bunga javob qaytarib, chexiyalik 20 diplomatni yurtiga qaytardi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!