Xayirli tong, Guest!
Soat: 10:50
telegram
O'zbekistonda besoqolbozlikda ayblanib, qamalgan mahbuslar soni qancha?

 24 APREL, 18:00 122

.

O'zbekistonda so'nggi 5 yil davomida besoqolbozlik bilan jinoiy javobgarlikka tortilib, hozirda qamoqxonalarda saqlanayotgan shaxslar soni 49 nafarni tashkil etadi, deya Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga tayanib «Qalampir.uz» xabar qilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, ushbu jinoyat turi bilan Jinoyat kodeksining 120-moddasiga ko'ra javobgarlikka tortilgan shaxslar 2016—2020 yillar kesimida quyidagicha keltirilgan:

2016 yilda — 6 nafar; 2017 yilda — 15 nafar; 2018 yilda — 7 nafar; 2019 yilda — 7 nafar; 2020 yilda — 9 nafar.

Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlarga nisbatan chiqarilgan sud hukmi qonuniy kuchga kirganidan so'ng ular o'rnatilgan tartibda tayinlangan jazo turiga qarab, jazoni ijro etish koloniyalariga yuboriladi.

Shuningdek, me'yoriy hujjatlar talablariga asosan jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar tomonidan huquqbuzarliklar takroriy sodir etilishining oldini olish hamda ularning xulq-atvorlarini psixologik jihatdan o'rganish, ko'nikish davrida moslashishga ruhiy jihatdan yordamlashish maqsadida ularga psixolog xizmati ko'rsatiladi. Ushbu xizmatlar bu toifadagi mahkumlar bilan doimiy va individual tarzda olib boriladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!