Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:49
telegram
Tezkor! Sirdaryodagi bankda 81 000 evro qalbaki pul birliklari aniqlandi

 24 APREL, 16:55 101

.

"Qishloqqurilishbank" Sirdaryo mintaqaviy filialida 81 000 EVRO miqdoridagi xorijiy valyutadagi qalbaki pul birliklari aniqlangan, deyiladi bank axborot xizmatining xabarida.

Ma'lum bo'lishicha, mazkur holat bo'yicha hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish maqsadida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga taqdim qilingan.

Ayni vaqtda mazkur holat bo'yicha jinoyat ishi ochilgan va surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.

"Holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari yakunlangach, qo'shimcha ma'lumotlar e'lon qilinadi", — deyiladi xabarda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!