Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:13
telegram
2020 yilda qancha odam qatl qilindi?

 24 APREL, 15:40 37

.

2020 yilda dunyoda qatl qilinganlar soni so'nggi o'n yil ichida eng past ko'rsatkichga tashkil qilgan. Bu haqda Xalqaro Amnistiya tashkiloti ma'lumotiga tayanib TACC axborot agentligi xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 2020 yilda 483 nafar odam qatl qilingan. 2019 yilda esa bu raqam 657 nafarni tashkil etgan.

Shuningdek, 2015 yilda bu holatlar soni rekord darajaga chiqqan bo'lib, o'sha yilda 1634 kishi qatl qilingan.

Ta'kidlanishicha, oxirgi o'n yil ichidagi qatl qilinishlarning pasayishi Saudiya Arabistoni va Iroqda bunday jazolar qo'llanishi kamaygani bilan bog'liq. Masalan, ushbu vaqt oralig'ida Saudiya Arabistonida qatl qilinishlar soni 85 foizga kamaygan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!