Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:52
telegram
Qashqadaryoda yangi qurilayotgan namunali uyga pul to'lagan mijozga sifatsiz uy topshirildi

 24 APREL, 11:55 81

.

Yurtimizda aholini uy-joy bilan ta'minlash, ayniqsa, qishloq joylarda yashovchi uy-joyga muhtoj oilalarni ijtimoiy va moliyaviy qo'llab-quvvatlash borasida jadal ishlar olib borilmoqda.

Aholining uy-joy sotib olish imkoniyatlari esa yanada kengaydi.

Bunday vaziyatda, qurilish korxonalaridan yuksak mas'uliyat talab etilgan bir paytda, ayrim quruvchilarning o'z ishlarini sifatsiz bajarishi aholining haqli e'tirozlarini keltirib chiqarayotgani ham ayni haqiqat.

Xususan, Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanida yashovchi fuqaro B.R. ham ko'pchilik qatori qishloq joylarda yangi qurilayotgan namunali uylarga havas qilib, ezgu niyat bilan “Qishloq qurilish invest” IK MChJga namunali loyiha asosida uy-joy qurib berish uchun buyurtma bergan.

Namunali uy-joyni bekami-ko'st qurib topshirish majburiyatini olgan “U” nomli qurilish korxonasi o'zining ishiga mas'uliyat bilan yondashmasdan, B.R.ga yashash uchun yaroqsiz bo'lgan uy-joyni topshirgan.

Bu holatdan norozi bo'lgan fuqaro B.R.ning uyni namunali loyiha asosida qayta qurib berish haqidagi iltimoslari uzoq vaqt mobaynida qurilishni nazorat qiluvchi tashkilot va qurilish korxonasi tomonidan inobatga olinmagan. 

Fuqaro B.R.ning ushbu masalada fuqarolik sudiga bergan da'vo arizasi esa da'vo qilish muddati o'tganligi asos qilinib, rad qilib kelingan. 

Oqibatda, fuqaro B.R. oilasi bilan namunali uy-joy qurish uchun qurilish korxonasiga to'lab berilgan kredit to'lovlarini oyma-oy to'lab, yashash uchun boshpanasi bo'lmaganligi sababli, mutaxassislar tomonidan yaroqsiz deb topilgan uyda ikki nafar voyaga etmagan farzandlari bilan yashab kelgan. 

Fuqaro B.R.ning ushbu holatlardan norozi bo'lib yozgan arizasi Bosh prokuratura tomonidan o'rganilib, sud qarorlariga nisbatan protest keltirildi va Oliy sudning 09.04.2021 yildagi ajrimi bilan da'vo talablarining qanoatlantirilishi ta'minlandi.

Sud ajrimiga asosan uy-joyni namunali loyiha asosida qayta qurib berishni ta'minlash majburiyati bevosita qurilishni nazorat qiluvchi tashkilot zimmasiga yuklatildi. 

Natijada bir oilani tashvishga solib kelgan masala o'z echimini topdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!