Xayirli kun, Guest!
Soat: 15:16
telegram
AQShda kapitaldan keladigan daromadlarga soliq oshirilishi mumkin

 23 APREL, 23:00 113

.

Prezident Jo Bayden ta'limni va bolalarni parvarish qilish dasturlarini moliyalashtirish uchun, eng ko'p daromad oluvchilarga kapitaldan olinadigan daromad solig'ini oshirishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlardan so'ng, Amerika birja bozorlari cho'kdi.

Ma'lum qilinishicha, prezident 1 million dollardan ko'proq daromad oladiganlar uchun investitsiya daromadlaridan olinadigan soliqlarni qariyb ikki baravar oshirishni taklif qilmoqda. Bu qonun kuchga kirishi uchun Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Janob Bayden 400 ming dollardan kam daromad ko'ruvchi uy xo'jaliklariga soliqlarni oshirmaslikka va'da berdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!