Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:52
telegram
Oliy sud raisi o'rinbosari yana 127 nafar nafar fuqaroning muammolarini tingladi

 1 APREL, 18:25 81

.

Ayni kunlarda Toshkent viloyatida fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali echim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar Oliy Kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat bojxona qo'mitasi rahbar xodimlari ishtirokida ommaviy qabullar o'tkazilmoqda. Navbatdagi manzil Nurafshon shahri. Unda O'rtachirchiq, Yuqorichirchiq va Nurafshon shahri fuqarolarining murojaat va muammolari tinglandi. 

Xususan, Oliy sud raisi o'rinbosari I. Muslimov tomonidan jami 127 nafar nafar fuqaro qabul qilindi. 

Fuqarolar murojaatlarining 66 tasini jinoyat ishlari bo'yicha, 52 tasini fuqarolik ishlari bo'yicha, 5 tasini ma'muriy ishlar va yana 4 tasini iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlarga oid murojaatlar tashkil etadi. 

E'tiborli jihati, ommaviy qabul davomida har bir murojaat sinchiklab, har tomonlama o'rganib chiqildi va ulardan 62 tasi bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. 42 ta murojaat esa joyida ijobiy hal etilib, qanoatlantirildi. 23 ta murojaat bo'yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qilish uchun qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning barchasi qanoatlantirilib, tegishli sudlov hay'atiga ko'rib chiqish o'tkazildi. 

Ommaviy qabullar doirasida jinoyat ishlari bo'yicha O'rtachirchiq tuman sudi tomonidan o'tkazilgan sayyor sudlarda 18 nafar, Yuqorichirchiq tuman sudi tomonidan o'tkazilgan sayyor sudlarda esa 12 nafar shaxs jazoni o'tashdan muddatidan oldin ozod qilindi. 

Bundan tashqari, 8 nafar shaxsga nisbatan fuqarolik ishlari bo'yicha sudlar tomonidan aliment undirish yuzasidan sud buyrug'i chiqarilib ijroga qaratildi. 

Sayyor qabul davomida muammolari joyida hal bo'lgan 42 nafar yurtdoshimiz O'zbekiston Prezidenti nomiga yozma tashakkurnoma bildirdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!