Xayirli kech, Guest!
Soat: 20:37
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Bosh prokuror: «O'zbekistonda go'daklar va onalar o'limi oshgan»

 23 APREL, 16:35 96

.

Bosh prokuror: «O'zbekistonda go'daklar va onalar o'limi oshgan». Bu haqda Senatning o'n to'rtinchi yalpi majlisida Bosh prokuror Nig'matilla Yo'ldoshev ma'lum qildi.

«Mamlakatimizda reproduktiv salomatlikni, onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari ijrosini ta'minlashdagi kamchiliklar oqibatida o'tgan yilga nisbatan go'daklar o'limi 428 taga (6 432-6 860), onalar o'limi 10 taga (145-155) oshgan.

Umumiy jinoyatchilik 34,7 foizga ko'paygan, og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar 49 foizga, jumladan, qasddan odam o'ldirish 13, badanga og'ir shikast etkazish 13, nomusga tegish 27,7, bosqinchilik 18,5 foizga ortgan.

Respublika bo'yicha qidiruvda bo'lgan 9 790 nafar shaxsdan 6 761 nafari yoki 75 foizi ushlanmagan», dedi u.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!