Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:11
telegram
Boshqa fuqaro nomiga korxona tashkil etib soxta tadbirkorlik bilan shug'ullangan shaxslarga nisbatan

 23 APREL, 13:10 88

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo'limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro M.ning nomiga uning xabarisiz “U.B.” MChJni tashkil qilib, aslida jamiyatni o'zlari boshqarib, 2020 yilning noyabr-dekabr oylarida qurilish mahsulotlarini elektron hisob-fakturalar orqali sotib, 368,1 mln so'm qo'shilgan qiymat solig'i to'lovini to'lashdan qasddan bo'yin tovlaganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 179-moddasi (soxta tadbirkorlik), 184-moddasi (soliqlar yoki boshqa majburiy to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlash), 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini buzish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!