Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:16
telegram
"100 nafar odam qo'shganga pul mukofoti bor": telegramdagi firibgarlik fosh bo'ldi

 23 APREL, 12:45 112

.

2021 yil 15 mart kuni jinoyat ishlari bo'yicha Qo'ng'irot tuman sudi sudyasi E.Berdievning raisligida, sudya yordamchisi Z.Madreymovaning kotibaligida, taraflardan davlat ayblovchisi Qo'ng'irot tuman prokurorining yordamchisi B.Ismaylov, jabrlanuvchi S.R.,sudlanuvchi A.D. ishtirokida, A.D.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan bo'lgan jinoyat ishini ko'rib chiqdi.

Sud, sudlanuvchi va jabrlanuvchining ko'rsatuvlarini tinglab, davlat ayblovchisining fikrlarini eshitib, sudlanuvchining himoya nutqi va oxirgi so'zlarini eshitib, jinoyat ishi hujjatlarini atroflicha tekshirib chiqib, ishda mavjud bo'lgan dalillarga baho berib, quyidagilarni aniqladi:

Sudlanuvchi A.D.2020 yil mart oyining oxirlarida o'zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan qo'lga kiritish maqsadida, o'ziga tegishli uyali qo'l telefonidan“Telegram” ijtimoiy tarmog'ida “Zarina UYDA QOLING” nomli guruhini ochib, ushbu guruhga 100 nafar odam qo'shgan telegram profil egasiga mukofot puli borligini e'lon qilib, Qo'ng'irot tumanida yashovchi fuqaro S.R.ga ushbu guruhga odam qo'shganligi uchun 166.000 so'm yutuq berilishini aytib, uning ishonchiga kirib, ushbu pullarni uning plastik kartasiga o'tkazib berishni aytib, S.R.dan plastik kartaning kodi va amal qilish muddatini hamda SMS xabar orqali kelib tushgan mahfiy kodini olib, S.R.ga tegishli “SANOAT QURILISH BANK” tomondan berilgan plastik kartasidan 6.363.000 so'm pullarini kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib, o'ziga tegishli “O`ZSANOAT QURILISH BANK” tomondan berilgan plastik kartasiga o'tkazib olib, S.R.ga tegishli 6.363.000 so'm pullarini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritgan.

Jinoyat ishlari bo'yicha Qo'ng'irot tuman sudi tomonidan A.D. O'zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, JKning 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, JKning 59-moddasi 8-qismi tartibidajinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona shahar sudi tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosining o'talgan qismini hisobga olib, jazolarni qisman qo'shishi yo'li bilan, uzil-kesil, ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil 6 (olti) oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

E.Berdiev, Jinoyat ishlari bo'yicha Qo'ng'irot tuman sudi sudyasi

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!