Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:09
telegram
O'zbekistonlik qiz boks bo'yicha jahon chempioni bo'ldi (VIDEO)

 23 APREL, 12:15 103

.

Polshaning Kelse shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati yakuniga etib bormoqda. Kecha, 22 aprel kuni qizlar o'rtasida final janglari bo'lib o'tdi. Unda o'zbekistolik Nigina O'ktamova jahon chempioniga aylandi.

O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi Matbuot xizmatining yozishicha, o'zbekistonlik bokschi qizlar shu paytgacha jahon chempionatining finaliga qadar etib bormagan edi. Oltin medal uchun ringga ko'tarilgan Nigina O'ktamova hamda Mohinabonu Abdullaeva o'zbek boksi tarixiga o'z nomlarini yozib qoldirgan.

Dastlab, 54 kg vazn toifasida samarqandlik Nigina O'ktamova ukrainalik Kristina Lakichukka qarshi to'qnash keldi va 4:1 hisobida g'alabaga qozondi. Shu tariqa, u o'zbek bokschi qizlari orasida jahon chempionligini qo'lga kiritgan ilk sportchiga aylandi. Shundan so'ng, Mohinabonu Abdullaeva (64 kg) ham o'z jangini o'tkazdi. Afsuski, rossiyalik Azaliya Aminevaga qarshi bellashuvda Abdullaevaga biroz omad etishmadi.

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!