Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:50
telegram
O'zbekistonga «Sputnik V» vaktsinasining dastlabki partiyasi olib kelindi

 23 APREL, 09:10 108

.

Bugun mamlakatimizga «Sputnik V» vaktsinasining dastlabki partiyasi keltirildi. Vaktsinani yurtimizga etkazib berishda Rossiya to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jamg'armasi amaliy ko'mak berdi.

Ta'kidlash joizki, fevral oyining o'rtalarida O'zbekiston N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaktsinasidan yurtimizda ommaviy foydalanish uchun sertifikatladi va tasdiqladi. Ushbu vaktsinani sertifikatlash jarayoni ishlab chiquvchilardan kerakli hujjatlar, xususan, vaktsina klinik sinovlarining uchinchi bosqichi natijalarini olgandan keyingina boshlandi.  O'zbekistonga aholini emlash uchun olib kelinadigan «Sputnik V» vaktsinasining yarmini vatandoshimiz tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirdi. 

Eslatib o'tamiz, bizning mamlakatimizda aprel-iyun oylarida 4 millionga yaqin fuqaro COVID-19ga qarshi emlash rejalashtirilgan edi. 2021 yil oxiriga kelib, bu ko'rsatkich 7 millionga yoki mamlakat aholisining taxminan 20 foizigacha o'sishi mumkin. 

Bugungi kunda mamlakatimizda o'zbek-xitoy va AstraZeneca vaktsinalarining qo'shimcha dozalarini olib kelish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.   

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!