Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:07
telegram
Politsiya xodimi 16 yashar qizni o'ldirdi

 22 APREL, 23:00 172

.

20 aprel kuni AQShning Ogayo shtatida politsiya xodimi qora tanli 16 yashar qiz Makaya Brayantni otib o'ldirdi. 

Manbaga ko'ra, soat 6:30 larda politsiya bo'linmasiga qiz pichoq bilan hujum qilayotgani haqida xabar kelib tushgan. Politsiya xodimlari voqea joyiga etib kelgan. 

Politsiya Brayant pichoq bilan boshqa bir qizga hujum qilganini ko'rib, qizga qarata o'q uzgan.

Ko'p o'tmay, shaharda norozilik namoyishlari boshlangan.

Vafot etgan qizning xolasi-Xeyzel Brayant, Makayaning qo'lida pichoq bor bo'lgan, ammo politsiya ogohlantirish berganidan so'ng  pichoqni erga tashlagan, shunga qaramay, politsiya    unga qarata o'q uzganligini aytgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!