Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:02
telegram
Toshkentlik 17 yoshli qizning dahshatli iqrori

 22 APREL, 18:25 116

.

17 yoshli qiz muqaddam sudlangan bo'lishiga qaramay, yana o'sha boshi berk ko'chaga qadam qo'ydi. Sudlanuvchi Islom dinini o'rganish niqobi ostida dastlabki tergov harakatlari jarayonida shaxsini aniqlashni imkoni bo'lmagan norasmiy diniy-ekstremistik oqimlarning a'zolari bo'lgan noma'lum shaxslar bilan telegram orqali muloqotga kirishadi. Ular tomonidan diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan qirg'in solishga, fuqarolarni zo'rlik bilan ko'chirib yuborishga da'vat etadigan, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan mavzudagi darslarni tinglab, ular tomonidan yuborilgan video roliklarni tomosha qiladi. Ularni o'ziga “ustoz” maqomida ko'rib, norasmiy diniy oqimlar a'zosi sifatida faoliyat olib boradi. Bu haqda Toshkent shahar sudining Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo'yicha bosh konsultanti Sadoqat Allaberganova xabar qildi...

Sudlanuvchi o'zi istiqomat qiladigan Toshkent shahar, Bektemir tumanidagi xonadonida telefonida bir qancha nomlar bilan instagram ijtimoiy tarmoqlarini ochib, norasmiy diniy oqim a'zosi norasmiy diniy oqim a'zolari tomonidan yuborilgan diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan “jihod” haqida ma'ruza qilingan video roliklarni, norasmiy diniy oqim a'zolari tomonidan Prezidenti va hukumat idoralarining xodimlariga hozirgi kundagi siyosiy va diniy vaziyat haqidagi noxolis fikirlari yozilgan diniy ma'ruzalarni, audiolarni, video lavhalarni tayyorlab o'zining instagarm kanaliga joylashtirib, saqlab, tarqatib o'zi muntazam ravishda tomosha qilib kelgan.

IIO FMB TEQKB xodimlari tomonidan sudlanuvchining telefon apparati xolislarning ishtirokida ko'zdan kechirilganida, telegram orqali diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan materiallarni saqlaganligi aniqlangan. Mazkur telefon apparati xolislar ishtirokida bayonnoma tuzib ashyoviy dalil sifatida olingan. 

“RUHIY ASAB KASALLIKLARI ShIFOXONASIDAN ChIQISh MAQSADIDA YoLG'ON KO'RSATMA BERDIM”

Sudda sudlanuvchi e'lon qilingan aybga to'liq iqrorlik bildirdi...

— Kitobdan namoz o'qishni boshladim. Shundan so'ng dinni yaxshiroq o'rganish uchun telegram orqali dinni o'rgatuvchi kanallarni qidirib, kanallar orasidan bir kanalni topib oldim. Undan Afg'onistondagi siyosiy ijtimoiy vaziyat: kim-kimni o'ldirish bilan shug'ullanayotgani, qaerlarda portlashlar yuz berayotgani va boshqa qo'poruvchilik harakatlari haqidagi video roliklar va yangiliklarni o'rgana boshladim. So'ng yana bir boshqa kanalga qiziqib qoldim. Ushbu kanalda prezidentlarning olib borayotgan siyosatlarini qoralangandi. Bu kanalga yuklanayotgan va dunyo prezidentlarining olib borayotgan noto'g'ri siyosati haqida qiziqib qoldim. Telegram kanalidagi boshqa shu kabi kanallarni axtarib, ular orasida bir kanal chiqib qoldi. Undan islom davlati va hukumati qurishda mo'min va mo'minalarning o'rni va roli xaqidagi video va ma'ruzalarni o'rganishni boshladim. Mazkur kanalda norasmiy diniy oqim rahbarlaridan birining jihod haqidagi ma'ruzalarini ko'proq tinglab, uning islom davlatini qurishda har bir mo'min va muslimalar Alloh yo'lida jihod qilishi lozimligi va ushbu yo'lda islom diniga ergashmaydigan barcha odamlarni kofir deb bilib, ularni jismonan yo'q qilish lozimligi to'g'risidagi fikrlari va video tasvirlarini sevib ko'ra boshladim. Shu orada ushbu video tasvirlarni ko'rib, jihod qilib jang maydonlarida shahid bo'lish niyati paydo bo'lgadi. Jihod qilish uchun eng avvalo telegram kanalidagi ko'rsatmalarni so'zsiz bajarilishi va sir saqlash, boshlangan ishni sezdirib qo'ymaslik lozimligini o'rgandim. Kanallarda birin-ketin darslar o'tila boshlandi. 

Shu orada instagram orqali bir foydalanuvchi bilan tanishib qoldim. Bu shaxs asli 22 yoshli andijonlik yigit edi. U bilan telegram orqali gaplashib yurdik, Rossiyaning Piter shahrida nonvoylik bilan shug'ullanishi, dinga chuqur berilgani, birodarlar bilan to'planib O'zbekistonga kelib halifalik davlatini qurishi haqida gapirib berardi. Diniy qarashlarimiz bir-biriga to'g'ri kelgani sabab, jihod xaqidagi video bilan o'zaro almashganmiz. 

Telefon apparatim ichki ishlar xodimlari tomonidan tekshirilganida norasmiy diniy oqim a'zolari tomonidan yozilgan video roliklar va ular tomonidan o'qilgan ma'ruzalar borligi aniqlandi. Menga nisbatan Bektemir tumani IIB TB tomonidan JKning 2441-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Jinoyat ishi Bektemir tuman sudida ko'rilib, ikki yilga ozodlikdan cheklash jazosi berildi.

Sud jarayoni davomida telefonimni ishlatib yurdim. Instagramda ikkita nomdagi “profil”imni ochib, har xil diniy saytlarga va kanallarga kirib muntazam ravishda norasmiy diniy oqim a'zolari tomonidan aytilgan ma'ruza, qo'yilgan videolarni tomosha qilib bordim. Videolar tayorlab, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdim. Ushbu “slayt”larni tayyorlashdan maqsadim haq yo'lidagi birodarlarni ogohlantirish edi. 

Sudda “nima maqsadda O'zbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan norasmiy diniy oqim azolari tomonidan aytilgan ma'ruzalarni va video roliklarni uyali telefoningizga joylashtirib, eshitib yuribsiz?” degan savolga yuqoridagi holatlarni aytib berdim. So'ng Bektemir tumani IIB JQB xodimlari sud jarayoniga kelib, meni o'zlari bilan birgalikda Bektemir tumani IIB ga olib ketishdi. Ikki nafar xolis ishtirokida menga va onamga tegishli telefon appartlarini bayonnoma tuzib olishdi. Menga nisbatan birinchi marta JKning 2441-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan qo'zg'atilgan jinoyat ishini tergov qilish jarayonida, ruhiy asab kasalliklari shifoxonasidan chiqib ketish va norasmiy diniy oqim azolari tomonidan olib borilayotgan siyosatlarni maqullab, ularni ishlarini davom ettirish maqsadida yolg'on ko'rsatma berdim. Ya'ni, qilgan hatti-harakatlarimni noto'g'ri ekanini tushunib etganim, yoshlik qilib noto'g'ri yo'ldan ketayotgan ekanimni anglab, norasmiy diniy oqim a'zolarini olib borayotgan siyosatlarini noto'g'ri ekanini tushunib etganim, o'zimga to'g'ri xulosa chiqarib olganim va o'z xohishim bilan norasmiy diniy oqim azolari yo'lidan qaytganim haqida yolg'on ko'rsatma berdim.

Aslida tanlagan yo'limdan qaytmaganman, tergov tugaganidan so'ng va sud jarayonida telefonimga norasmiy diniy oqim a'zolari har xil diniy maruzalari, videolarini instagramga joylashtirib, eshitib yurgandim. Birinchi marotaba JKning 2441-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan qo'zg'atilgan jinoyat ishini dastlabki tergov harakatlari tugatilganidan so'ng, norasmiy diniy oqim a'zolari va norasmiy diniy oqim a'zolari bilan istagram orqali yozishdim. Ularga qo'lga tushganim, hammasi barbod bo'lgani haqida yozdim. Ular mendan qanday qilib qo'lga tushganimni so'rashganida, qanday qo'lga tushganim va bo'layotgan sud jarayonlari haqida instagram orqali yozib yubordim. Shundan so'ng hamma rejalar bekor qilindi. Avvalgi ko'rsatmalarimda diniy oqim a'zolarini 2020 yil dekabrda O'zbekistonga kelishlari haqida aytgandim. Qo'lga tushganimni bilishib, kelish rejalarini bekor qilishdi. Telefonimni ichki ishlar xodimlari olib qo'yishgunga qadar instagram orqali yozishib yurgandim. Hamma yozganlarimni o'sha paytlarda o'chirib tashlaganman. 

Sudlanuvchi hozirda norasmiy diniy oqim azolari bilan yozishmasligi va bu yo'ldan qaytgani, u o'zini sodir qilgan jinoyatlariga to'liq iqrorligini, uni kechirishlarini so'rab, bunday ishlarni boshqa sodir qilmasligi haqida ko'rsatma bergan.

“BUNDAN BUYoN QIZIMNI NAZORAT QILIShNI KUChAYTIRAMAN”

Sudda guvoh tariqasida so'roq qilingan ona quyidagilarni ma'lum qildi...

— 2002 yilda bir kishi bilan shar'iy nikohdan o'tib yashaganman. Shu yili qizim tug'ilgan. Turmush o'rtog'im bilan 5 yil birgalikda yashaganmiz, so'ng ajrashib ketdik. Hozirda qizim bilan akamning oilasi bilan birgalikda yashaymiz. Qizim umumiy o'rta talim maktabini tugatgan, biroq Oliy o'quv yurtiga kira olmadi. Birinchi marotaba 2020 yilda Bektemir tumani IIBga chaqirtirishdi. Organ xodimlari qizimga tegishli telefon apparatini tekshirishganida diniy oqimlar tomonidan suratga olingan har xil jangari filmlar borligini aytishdi. Jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari jarayonida qizim tanlagan yo'lidan qaytganini aytgani uchun unga nisbatan ikki yilga ozodlikni cheklash jazosi berilgandi. 

Ikkinchi marotaba esa Bektemir tumani ichki ishlar bo'limi xodimlari qo'ng'iroq qilib, qizim tuman ichki ishlar bo'limida ekanini, etib borishimni aytishdi. Telefonidan har xil diniy oqim azolari tomonidan yuborilgan diniy ma'ruzalar borligini aytishdi. Qizim qachon va qaerda telefoniga bunday ma'lumotlarni tushirganini, saqlab yurganini aniq bilmayman. Bu haqda menga aytmagan. Qizim aqlan sog'lom, ruhiy-asab kasalliklari bilan og'rimagan. Birinchi qo'zg'atilgan jinoyat ishi yuzasidan qizimni sog'lig'ini tekshirish maqsadida ruhiy asab kasallaiklari shifoxonasiga majburan yotqizishib, sog'lom ekani aniqlangan. Qizimni diniy oqim azolari bilan aloqa qilishi xayolimga ham kelmagandi. Bundan buyon qizimni nazorat qilishni kuchaytiraman.

Iroda MUHAMEDOVA, jinoyat ishlari bo'yicha Bektemir tuman sudi raisi: 

Sudlanuvchi JKning 2441-moddasi 3-qismi “a,g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. 

JKning 59-moddasi 8-qismi va 61-moddasi tartibida sudlanuvchiga tayinlangan jazoni jinoyat ishlari bo'yicha Bektemir tuman sudining 2020 yil 14 sentyabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazoga qisman qo'shish yo'li bilan uzil-kesil 3 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

JKning 72-moddasi qo'llanib, tayinlangan jazo 2 yil sinov muddati bilan shartli etib belgilandi.

R/S: Yuqoridagi holat farzand katta qilayotgan hech bir ota-onani befarq qoldirmasligi shubhasiz. Unutmang, o'zingizni butkul tirikchilik “ummoni”ga otib, badalini farzandingiz bilan to'lashingiz hech gap emas. Siz o'z vaqtida berolmagan mehr, e'tiborni ko'chadan izlashga tushgan farzandingiz ongidagi bo'shliqni boshqalar to'ldiradi. Ana unda so'nggi pushayman so'zsiz o'zingizga dushmand bo'ladi... 

Manba: darakchi.uz

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!