Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:51
telegram
Quvasoy va Marg'ilon shaharlarida imtiyozli kredit mablag'lari talon-toroj qilinganligi aniqlandi

 22 APREL, 15:40 94

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahar bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, AT “Xalq bank” shahar filiali bo'lim boshlig'i B.U. ta'minotchi “Q.Q.”, “Q.M.” fermer xo'jaligi rahbarlari bilan oldindan til biriktirib, “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida 15 nafar fuqarolar nomiga naslli chorva mollari etkazib berish va issiqxona qurish uchun ajratilgan 460,5 mln so'm maqsadli kredit mablag'larini naqdlashtirib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, ATB “Agrobank” Marg'ilon shahar filiali mansabdor shaxslari 3 nafar fuqarolarning nomiga ularning xabardorligisiz 122,7 mln so'm kredit mablag'larini soxta hujjatlar orqali rasmiylashtirib, kredit mablag'larini “G.F.” MChJga o'tkazish orqali naqdlashtirib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!