Xayirli kun, Guest!
Soat: 18:56
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Vakolat faqat sudda...

 22 APREL, 13:50 91

.

Davlat rahbarining Toshkent viloyatiga tashrifi doirasida tadbirkorlik subektlarining muammolarini hal etish, ayniqsa Davlat idoralari tomonidang tadbirkorlikning mulk daxlsizligini ta'minlashda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarga alohida e'tibor qaratilgan edi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil tomonidan tadbirkorlik subeklari bilan o'tkazilgan uchrashuvlar davomida Bo'stonliq tumanidagi “Gazalkent resort” MChJ (nomi o'zgartirilgan) vakili qonuniy manfaatlarini tiklashda yordam berishni so'rab murojaat qilgan.

Ma'lum bo'lishicha korxonaga er maydoni ajratib berish to'g'risidagi tuman xokimining 2018 yildagi qarori tuman prokuraturasi tomonidan berilgan protestga asosan 2021 yil yanvarda bekor qilingan.

Eng qiziqarlisi amaldagi qonunchilikka muvofiq Davlat organi (mansabdor shaxs) ning ma'muriy hujjatini bekor qilish yoki o'zgartirish masalasi tadbirkorlikning qonuniy manfaatlariga daxldor bo'lgan holatda faqat sud orqali bekor qilinishi mumkinligi belgilab qo'yilgan.

Vakil Devoni tomonidan Bo'stonliq tumani xokimining 2021 yil yanvar oyidagi qarorini bekor qilish va tadbirkorning qonuniy manfaatlarini tiklab berishni so'rab Nurafshon tumanlararo ma'muriy sudiga ariza kirititildi va sud tomonidan Vakil devoni talablari to'liq qanoatlantirib berildi.

Biznes Vakil devoni matbuot xizmati

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!