Xayirli kech, Guest!
Soat: 19:51
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Toshkentdagi 110-sonli maktabda rostdan ham o'quvchilarning paypog'i tekshirilganmidi? (VIDEOFAKT)

 22 APREL, 12:15 130

.

Xalq ta'limi vazirligi Toshkentdagi 110-sonli maktabda o'quvchilarning paypog'i uzun-kaltaligi tekshirilganligi borasida munosabat bildirdi.

"110-maktabdagi holat to'liq o'rganildi. Ota-onalardan bola maktabdan uyga olib kelayotgan gapni tagiga etmasdan, o'qituvchi va maktabning obro'sini to'kkandan ko'ra, uning tarbiyasiga ko'proq e'tibor qaratishlarini so'raymiz!  (To'liq videoni ko'rib, xulosa qiling!)

Afsuski, ba'zi ota-onalar farzandining tarbiyasi bilan shug'ullanish o'rniga uni ortiqcha erkalatib, o'qituvchi va maktabni ayblab, ayniqsa bugun o'zi etarli bo'lmagan erkak o'qituvchilarni ishiga xalal berishni afzal ko'rmoqda.  Bloger tomonidan shov-shuv qilib ko'tarilgan va tizim imijiga juda salbiy ta'sir qilgan 110-maktabdagi holat o'rganildi. Holat juda keng muhokamalarga sabab bo'lgani uchun, o'sha kuni dars vaqtida yuz bergan sinfdagi videotasvir to'liq namoyish etilmoqda (bolalar shaxsini berkitish uchun tasvirning ayrim joylari xiralashtirilgan). Marhamat, ko'rib, o'zingiz xulosa qiling!

Videotasvirdagi holat 110-umumta'lim maktabining chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani o'qituvchisi hamda direktor o'rinbosari o'quvchining telefon o'ynab o'tirganini hamda o'qituvchiga nisbatan hurmatsizlikni ko'rib, sinfga kirishga majbur bo'lgan vaqtida yuz bergan. Telefon bilan bog'liq holat muhokama qilinganidan so'ng ular tomonidan bolalar tartibga chaqirilgan hamda o'quvchilarning o'zlarini darsda tutishlari, o'qituvchiga hurmat, darsga e'tibor qilish, jismoniy tarbiya kiyimida darsda o'tirmaslik kabi masalalar bo'yicha tushuntirish berilgan. Videotasvirdan bu holat bloger aytganidek 20 daqiqa emas, 9 daqiqa davom etgani ko'rinib turibdi. O'zbek tili darsi buzildi deb jar solayotgan o'zbek tili himoyachisi, o'quvchilarning o'zbek tili o'qituvchisini va darsni qanchalik behurmat qilayotganini ham ushbu videodan xolis o'rganib, ota-onalarni ham o'z farzandlari tarbiyasiga e'tiborliroq bo'lishga chaqirishini istab qolardik. 

Videodagi o'quvchilarning yurish-turishidan tortib, o'zini tutishigacha xatti-harakatlari ota-onalardan bola tarbiyasiga yana bir karra e'tiborliroq bo'lish lozimligini talab qiladi. 

Videotasvirni diqqat bilan kuzatadigan bo'lsak, o'qituvchi tomonidan dars so'nggigacha muhokamalarga sabab bo'lgan mavzu haqida so'z bormaganiga guvoh bo'lish mumkin. Muhokamalarga sabab bo'lgan mavzu esa tanaffusga qo'ng'iroq chalinganidan so'ng o'qituvchi tomonidan o'quvchi qizning nega bunday kiyimga e'tibor qilayapsizlar degan mazmundagi savoliga javob tarzidagi shaxsiy fikri sifatida aytilganligi ma'lum bo'ldi. O'quvchilarning xatti-harakatlari tufayli 2 nafar erkak o'qituvchi biroz qizishib gapirgan va direktor o'rinbosar kelgusida bunday holatga yo'l qo'ymaslik bo'yicha ogohlantirilgan. Lekin videodan ko'rinib turibdiki, ataylab shov-shuv qilingan mavzu bo'yicha o'qituvchi kirib darsda ma'ruza qilmagan va bolalar paypog'ini o'lchab rasmga olmagan. Bu bo'yicha vazirlik tomonidan maktablarga hech qanday topshiriq bo'lmaganligini ham avval ma'lum qilganmiz.

Bloger o'z postida “qora piar ham piar” deb o'zi ushbu bolalar uchun keragi yo'q bo'lgan hamda bizning jamiyatimizda muhokama qilinishi ziddiyatlarni keltirib chiqaradigan mavzuda juda katta rezonansga sabab bo'lib qoldi, bilibmi yoki bilmay, bu bizga qorong'u. 

Hurmatli blogerlar va OAV vakillaridan farzandlarimiz tarbiyasiga salbiy ta'sir qiladigan hamda maktab va muallim nufuziga putur etkazadigan mavzularni ko'tarishda ehtiyot bo'lishlarini so'rab qolardik. Zero, bunday muhokamalar, bu kabi mavzularni odatiy holga aylanib ketishiga, oilaviy qadriyatlarimizga va farzandlarimiz tarbiyasiga putur etkazishiga sabab bo'ladi.

Ushbu bloger o'zining keyingi postida maktablarda erkak o'qituvchilar tobora kamayib borayotgani haqida so'z yuritgan.  (https://t.me/shahnozxon/1416) Videoda 2 nafar erkak pedagogning o'quvchilar tarbiyasiga befarq emasligini, ularning kelajagi uchun kuyunib gapirayotganiga guvohi bo'lishingiz mumkin. Xo'sh, agar har birimiz erkak o'qituvchi berayotgan tarbiyaga mana shunday aralashadigan bo'lsak, u holda bor erkak o'qituvchilarni ham ta'lim tizimidan sovutib qo'ymaymizmi?

Hurmatli ota-onalarga farzandi uyga gap tashib kelganida o'qituvchini nohaqqa chiqarib, unga qo'shilib o'qituvchini yomonlamasdan, balki ustozini hurmat qilishni uqtirish zarurliginini anglab etishsa nur ustiga a'lo nur bo'lishini aytmoqchi edik. Mabodo maktabda qandaydir salbiy holat yuz berdi deb gumon qilinsa, holatni o'rganmasdan, internetda shov-shuv ko'tarish o'rniga, maktab rahbariyatiga yoki tegishli organlarga murojaat qilish to'g'riroq bo'lar edi.

Zero, Abdulla Avloniy aytganidek, «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokatdir», deyiladi vazirlikning munosabatida.

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!