Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:07
telegram
O'zbekistonda 400 ga yaqin odamda koronavirus aniqlandi

 22 APREL, 11:10 72

.

2021 yil 21 aprel holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 87935 (+384) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: – 12 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida, – 5 nafari Andijon viloyatida, – 2 nafari Buxoro viloyatida, – 6 nafari Jizzax viloyatida, – 3 nafari Qashqadaryo viloyatida, – 5 nafari Namangan viloyatida, – 73 nafari Samarqand viloyatida, – 8 nafari Surxondaryo viloyatida, – 4 nafari Sirdaryo viloyatida, – 2 nafari Farg'ona viloyatida, – 3 nafari Xorazm viloyatida, – 54 nafari Toshkent viloyatida, – 207 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida: – Qoraqalpog'iston Respublikasida 1 nafar, – Buxoro viloyatida 3 nafar, – Jizzax viloyatida 12 nafar, – Navoiy viloyatida 3 nafar, – Samarqand viloyatida 54 nafar, – Sirdaryo viloyatida 5 nafar, – Surxondaryo viloyatida 1 nafar, – Farg'ona viloyatida 3 nafar, – Xorazm viloyatida 5 nafar, – Toshkent viloyatida 27 nafar, – Toshkent shahrida 176 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog'ayganlar jami 85007 (+290) nafarga etdi va sog'ayish ko'rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2288 nafar bemordan 238 nafari og'ir, 113 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!