Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:42
telegram
SARS-CoV-2 virusiga qarshi yagona samarali dori vositasi nomi aytildi

 22 APREL, 10:55 83

.

 Rutan preparati SARS-CoV-2 virusiga qarshi yagona samarali dori vositasidir. Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, Rutan preparati antioksidantlik va antigipoksik xususiyatlarga ega bo'lib, SARS-COV-2 virusining 2 ta muhim ferment tizimini ingibirlaydi.

Virusning hujayrada ko'payishi va tarqalishi hamda patologik va yallig'lanish jarayonini chaqiruvchi oqsillar hosil bo'lishini to'xtatadi va kasalllarda salbiy holat — «tsitokinin bo'roni»ning oldini oladi. Natijada, SARS-CoV-2 virusiga chalingan bemorlarning sog'ayish muddati qisqaradi va bemor o'z holatiga tez qaytadi.

Rutan preparati 103 ta koronovirus infektsiyasi bilan kasallangan o'rtacha og'irlikda kechayotgan bemorlarda kayd etilgan dozada sinalganda, SOVID-19 orqali chaqirilgan yallig'lanish jarayonining asosiy vositachisi bo'lmish S-reaktiv oqsili miqdorining statistik ahamiyatli kamayishi kuzatildi va bu orqali uning aniq yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega ekanligi aniqlandi. Rutan qabul qilgan biron-bir bemorga kasallik davomida oksigenatsiyaga muhtojlik bo'lmadi. 

Rutan preparatini qabul qilgan sinov guruhi bemorlarini protokol davolash fonida kasallikning 4-5 kuni davomida ulardan SOVID -19 virusiga olingan PZR-test tahlili salbiy bo'ldi. 

Klinik sinov natijalariga ko'ra, «Rutan tabletkalari, 0,1 g» №20 o'rtacha og'irlikda kechayotgan o'pka yallig'lanishi 30% bo'lgan COVID-19 kasalligiga hamda grippning barcha shtammlariga qarshi dori vositasi sifatida qo'llash uchun ruxsat etildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!